Endi mansabdor shaxs aybi bilan yetkazilgan zarar uning o‘zidan undiriladi

Jamiyat

image

Endilikda davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini uning o‘zi qoplaydi. Bu haqda bugun, 19 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilingan qonun loyihasida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda muhokama qilingan. Unga ko‘ra, yetkazilgan zararning o‘rnini kompensatsiya qilish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi hisobidan qoplab berilgan mablag‘larni keyinchalik aybdor deb topilgan davlat organining mansabdor shaxsidan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish tartibi belgilanmoqda.

Ya’ni, loyihaga ko‘ra, jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) ma’naviy zararning o‘rnini qoplashda yagona amaliyot yo‘lga qo‘yilib, yetkazilgan zarar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy kompensatsiya jamg‘armalaridan qoplanadi. Keyinchalik aybdor shaxsdan tegishli davlat organi orqali regress tartibida undirib olinadi.

Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, yanada takomillashtirilgan. Ayrim normalardagi nomuvofiqliklar bartaraf etilib, asosiy tushunchalar yuridik texnik jihatdan tahririy qayta ko‘rib chiqilgan.

Majlisda qayd etilishicha, ushbu hujjat fuqarolarning davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash hamda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishni nazarda tutadi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilingan va Senatga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yuridik shaxs davlat organi mansabdor shaxs moddiy zarar ma'naviy zarar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing