Endi maktab bitiruvchilari uchtagacha akademik litseyni tanlashi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilariga uchtagacha akademik litseyni tanlash imkoniyati beriladi. Bu haqda Normativ-huquqqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Akademik litseylarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ygan.

Qarorga ko‘ra, abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi hamda abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, fan olimpiadalari, tanlovlar g‘oliblari va umumta’lim fanlarini o‘zlashtirish sertifikatiga ega bo‘lganlar uchun akademik litseylarga kirish imtiyozlarini qo‘llanilishi kutilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing