Endi kinologiya markazi xizmat itlari sotilishiga ruxsat berilishi mumkin

Jamiyat

image

Kinologiya markaziga tegishli xizmat itlarini sotishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqdagi qaror normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

“Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilgan qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Qarorga kiritilayotgan o‘zgarishga binoan, endilikda ichki ishlar organlari kinologiya bo‘linmalari shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni tayyorlash, ularning itlarini vaqtinchalik kinologiya bo‘linmalarida saqlash bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek yetishtirilgan va o‘zlarining ehtiyojidan ortiq bo‘lgan hamda xizmatga yaroqsiz itlarni sotish huquqiga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni tayyorlash, ularning itlarini vaqtinchalik kinologiya bo‘linmalarida saqlash bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin.

Qayd etilishicha, xizmatlar ko‘rsatish va xizmat itlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmatining maxsus hisob varag‘iga yo‘naltiriladi. Kelib tushadigan pul mablag‘lar ichki ishlar organlarining kinologiya bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.

Qaror muhokamasi joriy yilning 1 martiga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing