Endi xorij fuqarolari O‘zbekistondagi OTMga kirish uchun test topshirmaydi
Jamiyat
−
22 iyun 2019
3379Joriy yilning 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida qabul qilinishi belgilandi.
Ilgari faqat Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalariga suhbat natijasida qabul qilingan, boshqa davlat fuqarolari test topshirgan.
LiveBarchasi