Endi xalq artistlari professorga tenglashtiriladi 

Jamiyat 11309
image

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisi” unvoni professor  ilmiy unvoni darajasiga tenglashtiriladi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarorida belgilangan. 

Prezident qaroriga muvofiq professor va dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlariga ko‘ra, tenglashtiriladigan shaxslar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari ro‘yxati e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, professor ilmiy unvoni darajasiga tenglashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari:

•  “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”;
•  “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisi”;
•  “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”;
•  “O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri”.

Dotsent ilmiy unvoni darajasiga tenglashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari:

•  “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”;
•  “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi";
•  “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”;
•  “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 384
Reyting: 3
t
×