Prezidentning sobiq Matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
14 noyabr 2019
7766O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Asadjon Ozotbekovich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.
Asadjon Xo‘jayev (1970 yilda tug‘ilgan) — Toshkent elektrotexnika aloqasi instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (2001 yil) bitiruvchisi. Mutaxassisligi — elektroaloqa muhandisi, iqtisodiyot magistri.
1995−2001 yillarda aloqa vazirligi, Pochta va telekommunikatsiya markaziy apparatida ishlagan, 2001−2003 yillarda “O‘zbekiston pochtasi” Davlat aksionerlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Shuningdek, 2012-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori sifatida, O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari — Prezident matbuot xizmati rahbari, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ham faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr