Endi qo‘mondonlik tavsiyanomasi borlarning imtiyozi barcha OTMga ham o‘tavermaydi
Jamiyat
−
05 iyul 2019
4333O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yilidan harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega fuqarolar faqat oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.
Ilgari respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda mazkur imtiyoz berilgan.
Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega fuqarolar respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganlarida qabul kvotalaridan tashqari qo‘shimcha ajratilgan (5 foiz) kvota doirasida testlarda qatnashadi.
LiveBarchasi