Endi Qirg‘izistonda Rossiyaning “Mir” kartalari ishlamaydi
Olam
−
03 aprel
4643Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimi kartalari Qirg‘izistonda 5 apreldan ishlamay qoladi. Bu haqda Qirg‘izistonning "Elkart" milliy to‘lov tizimining operatori banklararo protsessing markazi ma’lum qildi.
Bayonotda aytilishicha, kompaniya Amerika Qo‘shma Shtatlari “Mir” operatori Rossiya milliy to‘lov kartalari tizimiga qarshi blokirovka qiluvchi sanksiyalarni joriy qilgani sababli ikkilamchi sanksiyalar xavfini minimallashtirish uchun “Mir” bank kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatmoqda.
Qirg‘izistonda “Mir” xizmati to‘xtatilgach, “Elkart” tizimining kartalari ham Rossiyada ishlamay qoladi.
“Mir” kartalari Qirg‘izistonda 2019 yildan buyon ikkita to‘lov tizimi – Rossiyaning “Mir” va Qirg‘iziston “Elkart” (bu tizimda 21 bank ishtirok etadi) integratsiyalashuvi doirasida ishlayotgan edi. Biroq 2022 yilning oktyabr oyida Qirg‘izistondagi ko‘plab banklar (23 ta kompaniyadan 10 tasi) AQSH G‘aznachiligi “Mir” kartalaridan Rossiyadan tashqarida foydalanishga yordam beradigan xorijiy kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgan paytda, “Mir” kartalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil fevral oyida Qo‘shma Shtatlar “Mir” karta operatoriga qarshi blokirovka qiluvchi sanksiyalar joriy qildi. O‘sha paytda “Mir” kartalari Qozog‘iston, Belarus, Venesuela, Vetnam, Qirg‘iziston, Tojikiston, Kubadagi ba’zi banklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Sanksiyalar kiritilgandan so‘ng, Qozog‘istondagi Bereke Bank va Halyk Bank “Mir” kartalari bilan ishlashni to‘xtatdi. Mart oyida deyarli barcha arman banklari “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.
LiveBarchasi