Endi ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini uydan turib olish mumkin

Jamiyat

image

Endilikda ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini onlayn olish mumkin bo‘ldi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.

“Agar siz oldinlari uzundan-uzun navbatda turishlar evaziga arxiv ma’lumotnomasini olish uchun ariza qoldirib, kamiga turli tashkilotlar orasida sarson yurgan bo‘lsangiz, endi uyingizdan chiqmasdan turib sanoqli daqiqalar ichida buni amalga oshirishingiz mumkin”, deyiladi portal xabarida.

Buning uchun dastlab Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish, “Ma’lumotnomalar” bo‘limidan “Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish” xizmatini toping va mehnat faoliyatini yuritgan davr haqidagi ma’lumotlar asosida so‘rovnomani to‘lbirib, “yuborish” tugmasini bosish kerak.

Mazkur davlat xizmatidan foydalanish bepul, shuningdek, ERI ham talab etilmaydi.

So‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kuni;

Ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma’lumotnoma shakllantiriladi hamda YAIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

mehnat staji

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar