Endi Eron ham Ukrainaga “dushman”

Olam

image

Ukraina Oliy Radasi bugun, 19 oktyabr kuni bayonot qabul qilib, hukumatni Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzish va Tehron bilan imzolangan vizani liberallashtirish bo‘yicha kelishuvlarni bekor qilish uchun tartiblarni boshlashga chaqirdi. Hujjat Ukraina parlamenti saytida joylashtirilgan. 

“Biz Ukraina hukumatini zudlik bilan Ukraina va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni uzish masalasini ishlab chiqishga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda. 

Deputatlar, shuningdek, hukumatni Eron bilan ikki davlat o‘rtasida vizani liberallashtirish bo‘yicha kelishuvni denonsatsiya qilishga va Kiyev Rossiyaga qurol-yarog‘ uzatilishiga aloqador deb hisoblagan Eronning jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi. 

Rada Prezident va Vazirlar Mahkamasiga “Eronning ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish bo‘yicha dasturlariga qarshi samarali yondashuvlarni ishlab chiqish” uchun Isroil, AQSH va Yevropa komissiyasi bilan zudlik bilan muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi. 

Avgust oyida “The Washington Post” gazetasi Eron Rossiyaga o‘z dronlarini yetkazib berayotgani haqida maqola chop etgan edi. Keyinchalik shunga o‘xshash bayonotlar Amerika ma’muriyati vakillari tomonidan qilingan. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotni soxta deb atadi. Shuningdek, u Rossiyada mahalliy ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishini ta’kidladi. O‘z navbatida, Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn sentyabr oxirida Tehron Ukrainadagi mojaroda qatnashayotgan tomonlardan hech birini qo‘llab-quvvatlamasligini va Kiyevga ham, Moskvaga ham chet el qurollari yetkazib berilishiga qarshi ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made