Endi ekstremist va pedofillar Qozog‘istonga kiritilmaydi

Olam

image

Qozog‘istonda parlament deputatlari pedofil va terrorchilarning Qozog‘istonga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ma’qulladi, deb xabar beradi "Zakon.kz" nashri. 

Bu norma “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholi migratsiyasi va jazoni ijro etish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga qo‘shilgan.

Deputat Magerram Maharramov taqdim etgan qonun loyihasida:

  • migratsiya sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash; 
  • voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan xorijliklarning mamlakatga kirishini va mamlakat fuqaroligini olishini cheklash;
  • ekstremistik yoki terroristik faoliyat bilan shug‘ullangan chet el fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlash; 
  • favqulodda vaziyatlarda muddati o‘tgan hujjatlardan foydalanish masalasini hal qilish bandlari keltirilgan.

Shuningdek, migrantlarga 1 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga ishlash uchun ruxsatnoma olish imkoniyatini berish haqidagi qonun loyihasi ham muhokamaga qo‘yilgan. Bundan tashqari, qonun loyihasida jinoiy-axloq tuzatish tizimi muassasalaridagi videokuzatuv tizimlarini qasddan yo‘q qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilovchi norma ham kiritilgan. 

Eslatib o‘tamiz, To‘qayev sentyabr oyidagi xalqqa murojaatida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishi uchun jazoni kuchaytirishni buyurgan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing