Endi ekologik huquqbuzarlik sodir etganlar jarima bilan qutulmaydi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2023
5035Endilikda O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarlik sodir etganlik va tabiatga zarar yetkazganlik uchun qo‘shimcha majburiyat yuklatiladi. Bu haqda Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida keltirilgan.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabrdan:
- ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish mexanizmi joriy etiladi;
- ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat ob’ektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta’minlash majburiyati yuklatiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 may kuni bo‘lib o‘tgan Senatning qirqinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonuni muhokama qilingan edi.
Unda daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sug‘urib olish, shikastlash, nobud qilish yoki ko‘chirib o‘tkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (avval 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi ko‘zda tutilgan edi.
LiveBarchasi