Endi dorilar uchun cheklangan narxlar qayd etiladi
Jamiyat
−
06 yanvar 2020
6408Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Unga ko‘ra, 2020 yil 1 martga qadar referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi va referent mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlanadi;
2020 yil 1 iyulga qadar asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlar qayd etilishi ta’minlanadi;
2020 yil 31 dekabrga qadar:
• dori vositalari davlat reyestriga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun ruxsat etilgan barcha dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlar qayd etiladi;
• farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ro‘yxatdan o‘tgan va sertifikatlangan dori vositalari, shuningdek, dori vositasining savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar hamda belgilangan cheklangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda cheklangan ulgurji va chakana narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi to‘laqonli ishlashi ta’minlanadi.
LiveBarchasi