Endi davriy nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berish talab etilmaydi
Jamiyat
−
08 iyun 2019 3301 2 daqiqa
Xabaringiz bor, joriy yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab bir qator tartiblar joriy etiladi.
Unga muvofiq:
Tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarni(keyingi o‘rinlarda – korxonalar) ixtiyoriy tugatishda:
• bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi;
• davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi;
• davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;
• moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni olish Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda – Tizim) orqali amalga oshiriladi;
• korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddatiro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28