Endi birovni tuhmat va haqorat qilganga ariza asosida ish ochiladi

Jamiyat

image

Endi birovni tuhmat va haqorat qilgan shaxslar jabrlanuvchining arizasi asosida javobgarlikka tortiladi. Bu bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu qonun bilan kodeksga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar ham kiritilgan. Jumladan: 

  • avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;
  • ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.

Shuningdek, ayrim belgilangan ma’muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

Biroq jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lgani, voyaga yetmagani yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

haqorat tuhmat Ma'muriy javobgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing