Endi barcha xodim va rahbarlar elektron raqamli imzo bilan ta’minlanadi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari va rahbarlarini belgilangan tartibda elektron raqamli imzolar bilan ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi idoralararo kollegial organlarning faoliyati tahlil qilinganligi va samaradorligi baholanganligi, natijasiga ko‘ra ularni yanada qisqartirish va maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari bilan tuzilgan 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha alohida idoralararo kollegial organlarning ayrimlari vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkazgan holda, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ularni tugatish belgilandi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

elektron imzo xodim va rahbarlar

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing