Endi Andijonda ham avtobuslarda naqd pul qabul qilinmaydi

Jamiyat

image

2026 yil 1 yanvardan boshlab Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Vazirlikka ko‘ra, elektron to‘lov turlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar yo‘l haqi to‘lovini 2100 so‘m evaziga amalga oshirishlari mumkin.

Qayd etilishicha, yo‘l haqini elektron to‘lov turlari, ya’ni bank kartalari, mobil ilovalar, ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirish mumkin. 

“Yo‘l haqini naqd pul bilan to‘lash uchun bevosita bekatlar va ularga yaqin hududlarda o‘rnatilgan Paynet, MultiPAY yoki Oson infokiosklaridan 3000 so‘m evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilish zarur bo‘ladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 2025 yilning 1 yanvaridan boshlab avtobuslar naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon avtobus naqd pul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing