Endi 48 soat ichida qoidabuzarlik haqida rasmiy shaxsga xabar berilmasa, haydovchi jarimadan qutulib qoladi
Jamiyat
−
29 Oktabr
10338Endilikda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi qarorini vaqtida olmaganlarga nisbatan ish yuritilmaydi. Shuni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun kecha, 28 oktyabr kuni Prezident tomonidan imzolandi.
Unga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritilmasligi belgilanmoqda.
Shuningdek, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun, jumladan skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek, individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashiganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi