Endi 10, 11-sinf o‘quvchilari xohlagan fanlarni tanlab o‘qishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning sentyabr oyidan 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab 10, 11-sinf o‘quvchilari o‘zi xohlagan fanlarni tanlab o‘qishi mumkin bo‘ladi.

Keltirilishicha, umumta’lim muassasalarida 10, 11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos keladigan ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida bilimlarni o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda o‘quvchilar uchun 8 ta majburiy va 2 ta ixtiyoriy fanlar (kimyo-biologiya, matematika-fizika, tarix-huquq yoki ona tili va adabiyoti-xorijiy til) mavjud.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa bo‘lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amaliyotga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing