Endi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari mutlaqo yangicha tartibda ishlaydi

Jamiyat

image

Bundan buyon viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari mutlaqo yangicha ishlab, 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflaydi. Bu haqda kecha, 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytildi.  

Prezident topshirig‘iga binoan, har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish vazifasi qo‘yildi. 

Baho berishda korxonalarning yashovchanlik ko‘rsatkichi asosiy mezonlardan biri bo‘lishi kerakligi belgilandi. Ya’ni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3 yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limlari rahbarlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilmoqda. 

Videoselektor yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu yangi tizimni joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Ma’lumot o‘rnida, kichik biznes mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini ta’minlamoqda. Ko‘pgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning 6 oyida tadbirkorlik sub’ektlari soni 60 mingtaga ortgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Hokimlar Kichik biznes Tadbirkorlik

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing