Elis Uells AQSH O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Jamiyat

image

Avvalroq, AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells O‘zbekistonga kelgani, Prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida O‘zAga intervyu berdi. 

“Avvalo, O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikda yangi davr boshlanganini ta’kidlashni istardim. Bugun AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeoning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubini yetkazdim. Unda mamlakatingizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yana bir bor e’tirof etilib, Amerika Qo‘shma Shtatlarining ushbu ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani qayd etilgan.

Mamlakatingizga tashrif doirasida O‘zbekiston – AQSH siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasini o‘tkazdik. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiyot, xavfsizlik, siyosat va madaniy-gumanitar sohalardagi muloqotlarda ijobiy tendensiya kuzatilayotganidan darak beradi”, deydi Elis Uells. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Elis Uells

Baholaganlar

3

Reyting

3.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing