Elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish tartibi tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati  xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YAMMT” IDAK)dan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.

“YAMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.

Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish “YAMMT” IDAKga mehnat shartnomasi haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, “YAMMT” IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish:

•    mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib – xodim tomonidan;

•    xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng – ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “YAMMT” IDAK Prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made