Elektron kooperatsiya birjasida ishtirok etish uchun avans miqdori belgilandi
Jamiyat
−
26 dekabr 2019
3419Elektron kooperatsiya birjasi portali sanoat mahsulotlarini yetkazib berishga shartnomalarni masofadan turib tuzish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vazirining tegishli buyrug‘ida keltirib o‘tilgan.
Mazkur portal orqali xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar zakalat va operatorning vositachilik yig‘imini o‘z ichiga olgan avans mablag‘ini to‘laydi.
Ma’lumot uchun, byudjet buyurtmachilari zakalatdan ozod qilingan, ular faqat vositachilik yig‘imini to‘laydilar.
Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilarning summasi belgilandi:
- zakalat – elektron savdoga qo‘yilgan lot summasining 1 foizi;
- vositachilik yig‘imi - xarid qilish tartib-taomillari yakunlariga ko‘ra tuzilgan shartnoma summasining 0,10 foizi miqdorida.
LiveBarchasi