Rasman: O‘zbekistonda BYD elektromobillari ishlab chiqariladi
Biznes
−
25 yanvar 2023
293902023-yilning 23 yanvar sanasida UzAuto va Xitoyning BYD Auto kompaniyasi O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida elektromobillarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ qo‘shma korxonasini rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi.
2022 yilning 19 dekabr sanasida “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, O‘zbekiston yangi elektr energiyasi manbalaridan foydalanadigan transport vositalariga global o‘tish jarayonining ishonchli ishtirokchisiga aylanmoqda.
Ushbu Qarorga ko‘ra, respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun utilizatsiya yig‘imi, shuningdek, xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari uchun bojxona to‘lovlari bekor qilinadi.
Mamlakatda yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirishning yangi bosqichi ushbu qarorning natijasi bo‘lib, uni kengaytirish bo‘yicha UzAuto va BYD kompaniyalari tomonidan birinchi qadam qo‘yildi. O‘zbekistonda BYD avtomobillarini to‘liq siklda (SKD: shtamplash, payvandlash, bo‘yoqlash, yig‘ish) ishlab chiqarish “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasi tomonidan tashkil etiladi. Qolaversa, harkorlik shartlariga ishlab chiqariladigan mahsulotni mahalliylashtirish dasturi ham kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra hamkorlikning keyingi bosqichlarida elektromotorlar, avtomobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish tashkil etiladi.
O‘zbekistonda yuqori intellektga ega yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotning yaratilishi, bundan tashqari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi o‘zbekiston iste’molchilariga elektrmobil va gibrid avtomobillarni yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish bilan raqobatbardosh narxlarda taqdim etish imkonini beradi.
Birinchi navbatda, sezilarli foyda eng tejamli avtomobil turi – gibrid avtomobillarga ta’sir qiladi. «BYD Uzbekistan Factory» tomonidan taqdim etiladigan 1 000 kmdan ortiq masofa uchun quvvat zaxirasiga ega ushbu tipdagi avtomobillar sezilarli darajada arzonroq bo‘ladi. Buning sababi ushbu avtomobillar 15 foizlik bojxona to‘lovidan tashqari, 300 BHM ( BHM hozirda 300 000 so‘m) ga teng utilizatsiya yig‘imidan ozod qilingan. Masalan, 30 000 AQSH dollariga baholangan gibrid avtomobil uchun 4 500 AQSH dollari bojxona to‘lovi va 3 180 AQSH dollari miqdorida utilizatsiya yig‘imi undiriladi, jami 7 680 AQSH dollarga teng bo‘ladi. Xuddi shu qiymatdagi elektromobilni import qilishda utilizatsiya to‘lovi 30 BHM teng bo‘lib, to‘lov taxminan 800 AQSH dollarga kamayadi.
Elektromobillar, ayniqsa, O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning gibrid avtomobillari ancha arzonlashishi aniq. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi O‘zbekistonda ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishini rivojlantirishga, mamlakatga boshqa ishlab chiqaruvchilarni jalb qilishga olib keladi, bu esa, albatta, boshqa turdosh tarmoqlarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi va ushbu loyihaga jalb qilingan yuqori darajadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab yosh avlodni ko‘p sohalarda sifatli ta’lim olishga undaydi.
O‘zbekistonda zamonaviy transport vositalaridan tashqari, yangi energiya manbalarida avtomobillar ishlab chiqarilishi ham yuqori toifali muhandislar sonining o‘sishiga, texnika fanlari taraqqiyotiga, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq boshqaruv madaniyatining rivojlanishiga turtki beradi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr