Elektr tarmoqlariga ulanishga doir qaror loyihasi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga  O‘zbekistot Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga ulanish tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq, hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati o‘n yilni tashkil qiladi.

•  Elektr ta’minoti korxonasi o‘zining ma’lumotlar bazasi orqali har bir hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati o‘tishini kuzatib boradi va davriy qiyoslashdan o‘z vaqtida o‘tkazish uchun javobgar hisoblanadi.

•  Iste’molchi o‘z hisoblash asbobini metrologiya xizmatlarida mustaqil qiyoslov o‘tkazish huquqiga ega. Bunda elektr ta’minoti korxonasi iste’molchining talabiga ko‘ra elektr energiyasini hisobga olish asbobini bepul yechish, o‘rnatish, plombalash va ro‘yxatdan o‘tkazishga majbur.

•  Hisobga olish uskunasi iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olinganda elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga hisobga olish asbobi vaqtincha o‘rnatiladi.

•  Hisobga olish asbobi ekspert tekshiruvidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qaroriga (ajrimiga) asosan o‘tkazilishi mumkin.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Elektr

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing