Elektr energiyasidan yana asossiz qarzdorlik vujudga kelyaptimi?
Jamiyat
−
17 avgust
6552Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, ayrim iste’molchilarda bunday holat kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritganda o‘tgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik mavjudligi aytilgan. Mazkur holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari ” AJ tomonidan joriy yilning avgust oyidan “Het Billing” dasturiy kompleksi tashkil etilgan. Ayni shu jarayonda eski tizimdan iste’molchilarning arxiv ma’lumotlarini yangi tizimga ko‘chirishda ayrim iste’molchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqqan.
“Bunday noaniqliklarni aniqlangan hududlarda ayni paytda qo‘shimcha mutaxassislar ajratilgan holda masalaga oydinlik kiritish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham elektr energiyasi bo‘yicha ayrim iste’molchilarda aslida haqdor bo‘lsa-da, tizimda qarzdorlik ko‘rinishi holatlari uchrayotgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi