Shoygu o‘zbek harbiylarini taqdirladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari ishtirokchilarini taqdirladi. 

O‘zbekistonlik podpolkovnik Marat Zaripov, serjant G‘ayratjon Donayev va oddiy askar Nurbek Ismoilov “Za ukrepleniye boyevogo sodrujestva" medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston va Hindiston harbiylari ham medal bilan taqdirlandi.

Bu yilgi “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarida O‘zbekiston harbiy kontingenti ham ishtirok etmoqda. Ushbu mashg‘ulotda Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish vazifalarini hamkorlikda bajarish bo‘yicha kompleks mashqlar amalga oshiriladi. Unda O‘zbekiston vakillari Tojikiston harbiylari bilan birgalikda shartli ravishda o‘z milliy hududlarida harakat qiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Shoygu Markaz – 2019

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing