Elektr hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushdi
Jamiyat
−
07 avgust 2024
23926O‘zbekistonda elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.
Qayd qilinishicha, endilikda yangi HET Billing dasturiy kompleksi orqali iste’molchilar elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishi hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni kuzatib borishi mumkin. Yangilangan tizim orqali iste’molchilar bevosita o‘zi iste’mol qilgan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa har qanday ma’lumotni onlayn tarzda kuzatib borishi imkoni yaratilgan.
Kompaniya ushbu tizimni joriy etishdagi kechikishni bir qancha texnik jarayonlarni o‘z ichiga olgani, bosqichma-bosqich ishga tushirilgani bilan izohladi va noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo energetika vazirlarining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston 2030 yildan ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qilishini aytgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi