Eldor faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Sport

image

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyaning “Galatasaroy” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Fotospor” xabar berdi.

Qayd etilishicha, klub yangi mavsumda chet el kvotasidan foydalanmagan holda Mauro Ikardining yoniga mahalliy forvardni yoki transfer qilinadigan shunday kalibrli xorijlik hujumchini qo‘shib qo‘ymoqchi.

Unga ko‘ra, Italiyaning “Roma” klubi a’zosi bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi hozirda aynan o‘sha pozitsiyada. 

Gap shundaki, mamlakat Futbol federatsiyasi qarori bilan, endilikda Turkiya chempionatida o‘ynaydigan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon va Turkmaniston futbolchilari legioner hisoblanmaydi. 

Bu orqali “Galatasaroy” 11 avgustda start oladigan Turkiya Superligasidagi legionerlar limitini chetlab o‘tib, Eldor Shomurodovni yoki yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlardan o‘z safiga futbolchi jalb qilishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov 2022/2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Italiyaning “Spetsiya” klubida ijrada o‘tkazib, A seriyada jamoa uchun bitta gol urdi va mavsum yakunida “Roma”ga qaytadigan bo‘ldi. 

Italiya A seriyasida omadsiz o‘tgan mavsum Shomurodovning Milliy terma jamoa safida qo‘lga kiritgan yutuqlari fonida vaziyatni biroz yumshatdi. U terma jamoa safida eng ko‘p (37 ta) gol urgan o‘yinchi sifatida O‘zbekiston rekordchisiga aylandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing