Elchisi hujumga uchragan Rossiya TIV Polshaga talab qo‘ydi
Olam
−
09 may 2022
48561Rasmiy Moskva Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyevga uyushtirilgan hujum va gulchambar qo‘yish marosimining uzilishi munosabati bilan Varshavaga keskin norozilik bildirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bugun, 9 may kuni tarqatgan bayonotida aytiladi.
“9 may kuni ekstremistlar politsiyaning to‘liq harakatsizligi bilan Varshavadagi Sovet askarlari qabristoniga gul qo‘yish marosimini to‘xtatib, Rossiya Federatsiyasining Polshadagi elchisi Sergey Andreyev va diplomatik korpusning boshqa xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llashdi. Polsha hukumatiga neonatsist bezorilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun qattiq norozilik bildirildi”, deyiladi diplomatik idora bayonotida.
Shu munosabat bilan Rossiya TIV Polsha tomonidan “zudlik bilan gulchambar qo‘yish marosimini tashkil etish, uning har qanday provokatsiyadan to‘liq xavfsizligini ta’minlash”ni talab qilgan.
“Biz bugun Polsha tomonini tegishli choralar ko‘rishga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 9 may kuni Rossiyaning Polshadagi elchisi Varshavaning Jvirki va Vigura ko‘chalarida joylashgan sovet askarlarining harbiy yodgorlik qabristoniga gul qo‘yishga kelgan vaqtida unga qizil rangli bo‘yoqlar uloqtirildi. Politsiya aralashuvi bilangina diplomatik missiya vakillari mashinasiga yetib olib, voqea joyini tark etdi.
LiveBarchasi