Elchi Xalq ta’limi vaziri lavozimiga ma’qullandi
Jamiyat
−
17 noyabr 2021 21339 1 daqiqa
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Baxtiyor Odilovich Saidov nomzodini O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri lavozimiga ma’qulladi. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Baxtiyor Saidov shu kungacha O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq amaldagi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov nomzodi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga ma’qullangani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel