“El-klassiko”dan-da ustun “Qirollar klassikosi”!
Tahlil
−
16 mart 2019
11369Kecha, 15 mart kuni Yevropa chempionlar ligasining chorak finaliga qur’a tashlandi. Endi jamoalar 9-10 aprel kunlarini kutishlariga to‘g‘ri keladi aynan shu kuni chorak finalning ilk o‘yinlarini o‘tkazishadi. Biz siz bilan chorak final o‘yinlari haqida emas, chorak finalni bezashi mumkin bo‘lgan ikki futbolchi haqida gaplashmoqchimiz.
Ha aynan shunday! Bizning suhbatimiz taxmin qilganingiz Ronaldu va Messi haqida boradi. Mavsum avvalida Luka Modrichga “Oltin to‘p” topshirilganda, hamma Messi va Ronaldu erasi ortda qoldi. Medaga tegib ketgan bahs-munozaralar yakunlandi deb hisoblashgan edi. Ammo nimchorak final ko‘rsatib berdiki, biz kamida 3 yilga shoshildik: bunday fikrlar bildirgani.
“Yuventus”ning Madridda “Atletiko” oldida ojiz qolishi, antironalduchilar tomonidan qarsaklar bilan olqishlanayotgan bir paytda, Krishtianu javob bahsida uchta gol bilan ularning og‘zini yopib qo‘ydi. Argentinalik xudo bergan iqtidor Leo Messi esa mavsum boshidan buyon stabil o‘yin ko‘rsatib, “aslida “Oltin to‘p” egasi kim ekanligini ko‘rib qo‘yinglar” degandek iddao qilib kelmoqda. “Lion”ga qarshi o‘yinda esa gol va pas bo‘yicha dubl qayd etib, YeCHLning hafta o‘yinchisini aniqlovchilarning boshini qotirib qo‘ydi. Kimdir piching qildi: “Shu yerdayam tortishadiya shu ikkalasi”.
Bu ikkovining tortishishi hali yana davom etaveradi shekilli. Nega desangiz, qur’aga ko‘ra ikkovlon o‘zigo xos “qirollar klassikosi”da to‘qnashish uchun jamoasi bilan finalga yo‘l olishlari zarur. Ishoning agar finalda “Barselona” va “Yuventus” bir-biriga raqib bo‘ladigan bo‘lsa, hamma jamoalar to‘qnashuvi haqida emas, balki ikki buyuk futbolchining janggi haqida gapira boshlaydilar.
“El-klassiko” dunyoni ikkiga ajratadi deyishadi, aslida oxirgi o‘n yillikda dunyo ronaduchilar va messichilarga teng bo‘linib qoldi. Men ishonaman, “Barselona” “Yuventus” bilan YeCHL finalida uchrashishsa, bu o‘yin harorati bugungi “el-klassiko”nikidan balandroq bo‘ladi.
Tasavvur qilib ko‘ringa, jamoalar bellashuvi buyog‘iga “qirollar” bellashuviga aylanib ketsa. Agar finalda shu bahsga guvoh bo‘lsak, qo‘rqmasdan shunday atayvering: “Hali Sulaymon tirik, devlar navbatini kutsin!”
LiveBarchasi