“El klasiko” o‘tkazilmaslik xavfi ostida qoldi
Sport
−
26 aprel
9288Kecha, 25 aprel kuni Ispaniya Kubogi finali doirasida “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida uchrashuv hakamlari madridliklarning jig‘iga tegadigan gaplar aytgani uchun o‘yin o‘tkazilmaslik xavfi ostida qoldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu vaziyatdan keyin “qirollik klubi” rahbariyati o‘z futbolchilariga o‘yindan oldingi rasmiy tadbirlarda ishtirok etishni taqiqladi. Ya’ni klub vakillari fotosessiya, matbuot anjumani va jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi.
VAR hakami Gonsales Fuyertes nima degandi?
“Hakamlarga qarshi borganlar (“Real” nazarda tutilgan) yaqin vaqt ichida tarixiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishadi va ishlaridan pushaymon bo‘lishadi”, deydi Fuyertes.
Mana shu gaplar hammasiga sabab bo‘ldi. “Real” bosh hakamni emas, ularga tahdid qilgan VAR hakamini finalda ishlashiga qarshilik qilmoqda.
Biroz vaqt o‘tib, madridliklar o‘yinni o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Ammo bir shart bilan. Bu ham bo‘lsa, o‘sha VAR hakami aytgan gaplaridan uzr so‘rashi kerak.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi rahbari Rafael Lusan vaziyatga oydinlik kiritdi.
“Biz ertaga ajoyib futbol bellashuvidan zavq olamiz!” deydi Lusan.
Demak, 27 aprelga o‘tar kechasi Ispaniya kubogi finali doirasida “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi