“El-Klasiko”ni kim boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

15 yanvar kuni Saudiya Arabistonida Ispaniya superkubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Final o‘yinida azaliy raqiblar Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” jamoalari to‘qnash keladi. 

Uchrashuvni ispaniyalik 36 yoshli Rikardo De Burgos Bengoechea boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. VAR'da esa Xose Luis Gonsales Gonsales boshqaruvidagi mutaxassislar ishlaydi.

Ikkala klub ham final oldi o‘yinlarda Valensiya shahri jamoalarini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi “El-Klasiko” 2022 yilning 16 oktyabr kunida o‘tkazilgandi. Bahsda “qirollik klubi” “ko‘k-anorranglilar”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real El'-Klasiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing