Eksportni oshirish uchun JSTga a’zo bo‘lish kerak – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Bugun, 14 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonlari va istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda JSTga a’zo davlatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar muhokama qilingan.
Jahon savdo tashkilotining bitimlaridan kelib chiqib, milliy qonunchilikni unga uyg‘unlashtirish, tartib va standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Buning uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilib, ishchi guruhlarni shakllantirish, barcha vazirliklar va elchixonalar bilan tizimli ishlash zarurligi ta’kidlangan.

“Kelgusi uch yilda tayyor mahsulot eksportini 2 baravar oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishishning birdan bir yo‘li – Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish. Bu 164 ta davlat bilan adolatli savdo tizimini yo‘lga qo‘yish va barqaror bozorlarni yaratish imkonini beradi”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Jahon savdo tashkiloti davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi nufuzli xalqaro tuzilmadir. Dunyo savdosining 95 foizi unga a’zo 164 ta mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi. Tashkilotning asosiy vazifasi – erkin va shaffof savdo munosabatlarini tartibga solish va uni kengaytirish orqali a’zo mamlakatlar barqaror taraqqiyotini ta’minlash va insonlar turmushini yaxshilash hisoblanadi. O‘zbekiston 2019 yildan bu xalqaro tuzilmaga a’zolik jarayonini yangidan boshlagan. Shu maqsadda Jahon savdo tashkilotiga a’zo 50 dan ziyod davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borilgan. Bu jarayon bo‘yicha joriy yilning mart oyida Jahon savdo tashkilotida ishchi guruhning oltinchi yig‘ilishi o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston eksport JST Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing