Eksportyordan importyorga: O‘zbekiston “Gazprom”dan gaz sotib oluvchi davlatga aylandi
Jamiyat
−
22 iyun 2021
13502O‘zbekiston Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga gaz sotuvchi davlatdan gaz sotib oluvchiga aylandi. Bu haqda Rossiya konserni Yevrobondlarining yangi soni hisoboti va memorandumida xabar berilgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston 2018 yilda “Gazprom”ga 3,8 milliard kub metr gaz yetkazib bergan. 2019 yilda yetkazib berish hajmini 4,9 mlrd kub metrgacha oshirgan va ularni 2020 yilda to‘xtatgan. Joriy yilning birinchi choragida ham o‘zbek gazi Rossiya konserniga yetkazib berilmagan.
O‘tgan yilda “Gazprom” turkman gazini O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlagan: 2020 yilda 0,9 milliard kub metr gaz yetkazib berilgan. Joriy yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 1,5 milliard kub metrga yetgan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, O‘zbekiston 2021 yilning birinchi choragida “Gazprom” va Turkmanistondan Xitoyga eksport qilishi mumkin bo‘lgan gazdan (0,54 milliard kub metr) uch baravar ko‘proq sotib olgan.
LiveBarchasi