Eksport, turizm va mehnat migratsiyasi elchilar uchun KPI sifatida belgilandi
Jamiyat
−
15 yanvar 1140 1 daqiqa
Endilikda elchilar faoliyat yuritayotgan davlatdan eksport tushumlari, turistlar oqimi, qonuniy ish joylariga fuqarolarimizni yuborish ular uchun KPI bo‘lishi belgilandi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.
Yig‘ilishda chet eldagi elchixonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar shtatlari, ular va Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining oylik ish haqi ko‘paytirilgani qayd etilgan.
“Lekin barcha diplomatik vakolatxonalarimiz buni to‘g‘ri anglab, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solyaptimi?
Diplomatik faoliyatni baholashning bitta o‘lchovi bor, u ham bo‘lsa – natija!
Shu bois, hozirgi sharoitda elchi degani faqat siyosiy muloqot yurituvchi shaxs emas. Elchi bu – investitsiya va texnologiyalar olib keladigan, yangi eksport bozorlarini ochadigan, transport-logistika yo‘laklarini ishga soladigan, turistlar oqimini ko‘paytiradigan, qonuniy mehnat migratsiyasi uchun sharoit yaratadigan, eng asosiysi, fuqarolarimiz huquqlarini himoya qiladigan davlat vakilidir”, deydi Prezident.
Endilikda elchilar faoliyat yuritayotgan davlatdan eksport tushumlari, turistlar oqimi, qonuniy ish joylariga fuqarolarimizni yuborish ular uchun KPI bo‘lishi belgilandi.
Live
Barchasi