Eksklyuziv: “Mendirman Jaloliddin” seriali taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda (fotoreportaj)

Madaniyat-san’at

9

Bugun, 3 oktyabr kuni poytaxt Toshkentdagi Kongress xollda o‘zbek va turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olinayotgan "Mendirman Jaloliddin" serialining birinchi qismi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva rahbarligida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha taqdimot marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat va san’at sohasi xodimlari ishtirok etmoqda.

1

Taqdimot marosimida O‘zbekiston Prezidentining qizlari Saida Mirziyoyeva turmush o‘rtog‘i Oybek Tursunov bilan va Shahnoza Mirziyoyeva turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov bilan birga qatnashdi.

Marosimda O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Surayya Er va Orient Finans Bank Boshqaruv kengashi raisi Bobur Parpiyev nutq so‘zladi.

1


Maqola muallifi

Teglar

Mendirman Jaloliddin

Baholaganlar

405

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing