Ekologiya qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
28 yanvar 2022
5588Umarbek Halilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.
Umarbek Halilov 1977 yilda Navoiy viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Umarbek Halilov Nurota tumani hokimi vazifasida ishlagan. U bu lavozimga 2019 yilda tayinlangan.
Shuningdek, u 2017 yilning aprelidan 2018 yilning mayigacha Navoiy shahri hokimi, 2018 yilning may oyidan 2019 yil martgacha Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiya rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi