Ekologik muammolarga jiddiy yechim: mashinalar uchun ekologik stikerlar joriy qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2024 yilning 1 iyunidan boshlab avtomobillarga ularning atrof-muhitni ifloslantirish darajasiga qarab elektron stikerlar beriladi. Bu bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. 

Qayd etilishicha, endilikda transport vositalarining ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari bo‘yicha normativlarga mosligini nazorat qilish uchun "Ekologik transport" tizimi joriy etiladi. Bunga ko‘ra, avtomobillarga "qizil", "sariq" va "yashil" stikerlar berish orqali ular ekologik toifalarga ajratib chiqiladi. Toifasi hududning ekologik zonasiga mos kelmaydigan avtomobil egalariga nisbatan kompensatsiya to‘lovlari joriy etiladi yoki avtomobildan tegishli ekologik zona hududida foydalanish cheklanadi. 

Mazkur tizim quyidagi bosqichlarda tatbiq etiladi: 

– birinchi bosqichda (2024–2026 yillarda) – Toshkent shahrida;

– ikkinchi bosqichda (2026–2028 yillarda) – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish va dam olish maskani va boshqalar);

– uchinchi bosqichda (2028–2030 yillarda) – boshqa barcha hududlarda.

Dastlabki bosqichda elektromobillar, elektromototsikllar hamda ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan boshqa turdagi transport vositalariga ularning egalari tomonidan onlayn axborot tizimlari orqali yuborilgan murojaatlar asosida real vaqt rejimida «yashil» stikerlar bepul va diagnostik tekshiruvlarsiz beriladi va pochta orqali yuboriladi. 

Barcha transport vositalari quyidagi muddatlarda diagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib, tegishli stikerlar beriladi: 

2027 yil 1 yanvarga qadar Toshkent shahrida; 

2029 yil 1 yanvarga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda ekologik zonalarga ajratilgan alohida ekologik zonalarda;

2031 yil 1 yanvarga qadar boshqa barcha hududlarda.

Ekologik stikerlarni olish va diagnostik tekshiruvdan o‘tish jarayoni hududlardagi YHXX bo‘linmalarida bepul amalga oshiriladi. 

Shuningdek, aholiga "zararli" toifadagi transport vositalarini "toza" toifadagi transport vositalariga almashtirish uchun subsidiya berish tizimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing