Ekologik huquqbuzarlikni foto va videoga olib jo‘natganlar mukofotlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish hamda moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy mexanizmlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Loyihada aytilishicha, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura hamda Turizm va sport vazirligi tomonidan atrof-muhitni va moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasida fuqarolarning ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Ekonazorat” va “Madaniy meros nazorati” axborot tizimlari ishlab chiqilgan. Axborot tizimlarini 2022 yil 1 apreldan boshlab ishga tushiriladi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik holatlari (daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish holatlari bundan mustasno) bo‘yicha fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 15 foizi miqdorida mukofotlanadi.

Daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha holatlari to‘g‘risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravariga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Shuningdek, moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun buzilishi holatlari haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni:

  • ma’muriy huquqbuzarlik aniqlanganda – sudning ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
  • jinoyat aniqlanganda – sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Shaxslarni rag‘batlantirish “Madaniy meros ob’ektlari agentligi”ning mahalliy jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing