Yog‘ingarchilik oqibatida Qashqadaryoda poyezd vagoni osilib qoldi

Jamiyat

image

Qashqadaryoda yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik viloyatning bir qator hududlarida katta talofatlarni keltirib chiqardi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Jumladan, Qashqadaryo tog‘-yon bag‘rida hududdan o‘tuvchi temir yo‘l relsida poyezd harakatlanayotgan vaqtda tuproq ko‘chishi  sodir bo‘ldi. Natijada Toshkent-Surxandaryo yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdning vagoni osilib qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu voqea Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘i hududi sodir bo‘lgan. Kuchli jala yog‘ishi oqibatida yer sathi cho‘kkan va temir yo‘llarga ham ziyon yetgan.

Ayni paytda mutaxassislar muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Bundan tashqari, kecha, 5 aprel kuni Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng bir qator hududlarni sel bosgani to‘g‘risida kecha xabar qilgan edik.

 QALAMPIR.UZ manbasiga yetib kelgan suratlardan ko‘rish mumkinki, sel hududga katta talofat yetkazgan.

Jumladan, tumandan oqib o‘tuvchi katta suv yo‘li ustiga qurilgan ko‘prik to‘liq vayron bo‘lgan.

Bundan tashqari, sel qishloqlardagi yo‘llar va hovlilarga ham zarar yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

sel

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing