Egasiz ashyolarni rasmiylashtirish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan "O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga muvofiq, egasiz ashyo deganda Davlat chegarasining o‘tkazish punktlaridan tashqari hududda Davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda o‘tkazilishiga urinilgan vaqtda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan aniqlangan egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan moddiy ne’matlar tushuniladi.

Egasiz ashyolar ular yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus omborlarida saqlanadi.

Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining vakolatli mansabdor shaxslari egasiz ashyo aniqlangandan boshlab 3 sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa 1 sutka mobaynida ekspert va baholovni tashkilotni tayinlaydi.

Ekspertiza ashyoning turiga qarab tegishli vakolatli organlar tomonidan o‘tkaziladi.

Ashyolarni egasiz deb topish to‘g‘risidagi qaror joylarda tashkil etiladigan hududiy komissiyalar tomonidan qabul qilinadi. 

Egasiz ashyolar ularning iste’molga (foydalanishga) yaroqsizligi bo‘yicha xulosa olingan taqdirda, Chegara qo‘shinlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda yo‘q qilinadi.

Egasiz ashyolarni rasmiylashtirish va saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar Chegara qo‘shinlarining byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona chegara

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing