Rossiya Bosh vazirida koronavirus aniqlandi
Olam
−
30 aprel 2020
10516Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Mishustin koronavirus yuqtirib olganini mamlakat Prezidenti Vladimir Putinga ma’lum qilgan. U o‘z o‘zini yakkalashini ham bildirgan.
Mishustin Hukumat faoliyatini o‘zgarishsiz davom ettirishini, o‘zi ham aloqada bo‘lishini ma’lum qilgan.
Bosh vazir vakolatini bajarib turishni birinchi o‘rinbosari Andrey Belousovga ishonib topshirgan.
Vladimir Putin Belousovni vaqtincha Bosh vazir etib tayinlash haqidagi farmonni imzolagan. Bundan tashqari, Putin Mixail Mishustinga shifoxonadan unga qo‘ng‘iroq qilishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Buyuk Britaniya Bosh vaziri ham koronavirusga chalingandi. U bir necha hafta davolanib, 27 aprel kuni ishiga qaytdi.
LiveBarchasi
26 noyabr