YeCHL qiroli uyg‘ondi

Sport

image

Ayni damda Yevropa Chempionlar ligasi turniri tarixida mutlaq to‘purar bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu musobaqaning guruh bosqichida biroz omadsiz ishtirok etayotgan edi. Hujumchi kechagi o‘yinga qadar, 7 ta bahsda maydonga tushib, atiga bir marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan. Ammo u kecha nimchorak final doirasidagi “Atletiko”ga qarshi Turinda o‘tkazilgan o‘yinda, bir yo‘la uch marotaba madridliklar darvozasi tomon yo‘l topa oldi.

Bu gollar ushbu mavsum hisobidan portugaliyalik bisotidagi to‘rtinchi golga aylandi. Ayni damda CHL to‘purarlari ro‘yxatini polshalik Robert Levandovski 8 ta gol bilan boshqarib turibdi. Undan keyingi pog‘onada Lionel Messi 6 ta gol bilan borayapti.

Eslatib o‘tamiz, mutlaq rekord Krishtianu Ronalduga tegishli va uning nomiga 124 ta gol rasmiylashtirilgan. Azaliy raqobatchi Messida esa hozircha 106 ta gol mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel Messi Evropa Chempionlar ligasi Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing