Ebola vaksinasini yaratish uchun 60 mln dollar ajratiladi
Olam
−
08:45 537 1 daqiqa
Epidemiyalarga tayyorgarlik ko‘rish koalitsiyasi Ebola virusining Bundibugyo shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqish uchun bir nechta tadqiqot guruhlari, jumladan Moderna'ga qariyb 60 million dollar ajratadi. Ayni paytda ushbu shtamm bo‘yicha Ebola epidemiyasi Kongo Demokratik Respublikasining sharqida qayd etilgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Epidemiyalarga tayyorgarlik ko‘rish koalitsiyasi COVID-19 pandemiyasi davrida vaksinalar ishlab chiqilishini moliyalashtirgan ilk xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lgan.
Tashkilot rahbari Richard Xatchettning aytishicha, Ebola virusining Bundibugyo shtammiga qarshi vaksinalar bir necha oy ichida sinov bosqichiga tayyor bo‘lishi mumkin.
Hozircha ushbu shtammga qarshi tasdiqlangan vaksina yoki davolash vositasi mavjud emas.
Xatchett yaqin kelajakda vaksinalar paydo bo‘lishi ularni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralarga yo‘l ochishini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u vaksina yaratish jarayoni katta noaniqliklar bilan bog‘liqligi, Kongo sharqidagi beqaror vaziyat esa klinik sinovlarni o‘tkazishda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirgan.
CEPI Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani ishlab chiqarish uchun 8,6 million dollar ajratishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ushbu vaksinaning samaradorligini tasdiqlagan.
Live
Barchasi