“EA SPORTS” FIFA futbol o‘yinini ishlab chiqarishni to‘xtatishini e’lon qildi

Sport

image

“EA SPORTS” o‘zining FIFA video o‘yinlar seriyasini “EA SPORTS FC”, deb qayta brendlashini e’lon qildi. Bu bilan jahon futbolining rasmiy boshqaruv tashkiloti bo‘lmish FIFA bilan o‘ttiz yillik hamkorlikni yakunlaydi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “EA SPORTS” 1993 yildan beri mashhur futbol o‘yinlari seriyasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya o‘zgarishlarni joriy yilning oxirida FIFA-23 ni ommaga taqdim qilganidan so‘ng, amalga oshiradi. 

FIFA o‘yinlar seriyasi barcha davrlarning eng ko‘p sotilgan franchayzalari qatoriga kirdi. “EA SPORTS” futbol o‘yinlari bozoridagi dominant kompaniyaga aylandi. Biroq hozirgi kunga kelib, kompaniya tarixida yangi bobni ochish vaqti kelgan, deb hisoblamoqda.

Qayd etish joizki, “EA SPORTS” tarkibidagi barcha o‘yinlar “EA SPORTS FC” tarkibida ham bo‘ladi. Bu haqda “EA SPORTS” ijrochi vitse-prezidenti Kem Veber ma’lum qilgan

“2023 yilidan boshlab, “EA SPORTS FC” “EA SPORTS” futbolining kelajagi bo‘ladi. Sport bo‘yicha 300 dan ortiq litsenziya bo‘yicha hamkorlarimiz bilan bir qatorda, biz butun dunyo bo‘ylab futbol muxlislari nomidan global futbol tajribasini yangi cho‘qqilarga olib chiqishga tayyormiz. Bizning o‘yinlarimiz ichida sizga yoqadigan hamma narsa “EA SPORTS FC” tarkibiga kiradi. O‘yinlarimizda ajoyib tajribalar, rejimlar, ligalar, turnirlar, klublar va sportchilar bo‘ladi. “Ultimate Team”, “Career Mode”, “Pro Clubs” va “VOLTA Football” hammasi bo‘ladi. Ushbu yangi mustaqil platforma imkoniyatlar, innovatsiyalar, yaratish va rivojlanish olib keladi”, degan ijrochi vitse-prezident. 

Ma’lumot uchun, EA SPORTS 2023 yili chiqadigan FIFA-23 FIFA’ning eng omadli seriyasi bo‘lishiga ishonmoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing