Eh, mashshoqlar... Rashid Xoliqov ham Gulnoradan jabr ko‘rganini aytmoqda
Madaniyat-san’at
−
27 iyun 2019
38204Biroz oldin, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning tarafini olib chiqqan bir qator sanatkorlarga qarata o‘z ijtimoiy tarmoqlarida murojaat qilgan edi.
Qoldirgan postida Usmonova Gulnora Karimovani xalqning pulini umarganlikda ayblab, uni o‘g‘ri deb atadi. U bir qator san’atkorlarga murojaat qilib, o‘z vaqtida eslarini yig‘ib olib, xalqning etagidan tutgan holda unga xizmat qilishi kerakligini bildirdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov Yulduz Usmonovaning ushbu murojaati tagida o‘ziga xos post qoldirdi. Uning ma’lum qilishicha, Gulnoraning "gullagan davri"da unga nisbatan ham zug‘m o‘tkazilgan.
"Men ham ko‘p xizmatda bo‘lganman. Lekin, evaziga ikki yil "zapred"ga tushdim. Bugungi kunlar uchun Ollohimga ming shukur", deb yozgan Rashid Xoliqov.
LiveBarchasi