“Do‘stlik” chegara bojxona posti vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 6 oktyabr kuni Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti harakatlanuvchi tashuvchilar va haydovchilar uchun yopiladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘iz Respublikasining “Dostuk” chegara bojxona postida axborot tizimlarida texnik ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur postga tutash Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali 2024 yil 6 noyabr kuni yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati  vaqtinchalik to‘xtatiladi.

“Yengil avtotransport vositalari Andijondagi “Xonobod” chegara bojxona posti orqali, yuk avtotransport vositalari esa Namangandagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti orqali harakatlanishi mumkin. Piyodalar esa bemalol o‘taveradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 15 yillik tanaffusdan so‘ng yana o‘z faoliyatini qayta tiklagandi. Endilikda bu yerda kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Do'stlik chegara bojxona posti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing