Dushanbeda bo‘lib turgan Shoygu Tojikistonda qaroqchilar qo‘lida asir bo‘lganini aytib berdi

Jamiyat

image

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) mudofaa vazirlarining kecha, 28 iyul kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng, Rossiya Mudofaa vaziri general Sergey Shoygu tojikistonlik hamkasblariga yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun minnatdorlik bildirdi.

“Men bu mintaqani juda yaxshi bilaman va Tojikiston menga yaqin. Har safar bu yerga kelganimda, to‘qsoninchi yillar boshidagi og‘ir paytlarni eslayman”, deydi Sergey Shoygu va o‘sha yillardagi voqealarni bevosita bilishini ta’kidlab.

Shoygu nutqida davom etar ekan, o‘sha tartibsiz 90-yillarda qaroqchilar qo‘liga tushib qolganini eslab o‘tgan.

“O‘shanda fuqarolar urushi (Tojikistondagi 1992-1997–yillar nazarda tutilgan — tahr.) tartibsizliklarida, Fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida men gumanitar masalalarni hal qilishim, rusiyzabon aholini evakuatsiya qilishim, qiyin muzokaralar olib borishim va hattoki, garovga, qaroqchilar qo‘liga tushib qolishimga ham to‘g‘ri kelgan”, deydi Rossiya Mudofaa vaziri.

Shuningdek, vazir SHHTdagi hamkasblariga Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi fonida kelgusi hafta Rossiya Tojikiston va O‘zbekiston bilan birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini aytib o‘tgan. Ushbu mashg‘ulotlarda havodan razvedka, muhim ob’ektlarni himoya qilishni kuchaytirish, hujum qilish va qaroqchilar tarkibini yo‘q qilish bo‘yicha amaliy harakatlar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, Sergey Shoygu shu yilning sentyabr oyida Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Donguz poligonida SHHT mamlakatlarining “Tinchlik missiyasi 2021” qo‘shma harbiy antiterror qo‘mondonlik-shtab mashg‘uloti rejalashtirilganligini ma’lum qilgan.

Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, do‘stona mamlakatlar va mintaqaviy tashkilotlar — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligni (MDH) tashkilotidan harbiy kontingentlar va kuzatuvchilarni jalb qilish orqali SHHT mashg‘ulotlarida ishtirok etish formatini kengaytirish juda muhimdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing